Ukrachliklar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

   Bugun tumanimizning Ukrach mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B. Bobonazarov,  tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q. Ismoilov, tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
    Qabul davomida fuqarolardan uy-joy, yo‘l, bolalar nafaqasi, moddiy yordam kabi masalalar yuzasidan jami 13 ta murojaat kelib tushdi. 
   Har bir murojaat tinglanib, joyida yoki qisqa muddatda hal etish imkoni bor masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha o‘rganilib, ijrosi yuzasidan albatta ma’lumot berilishi tushuntirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди