“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

      O’zLiDeP Toyloq  tuman  Kengashi "Ayollar qanoti"  tomonidan Viloyat Xotin qizlar tadbirkorlik markazida tadbirkor xotin qizlar ishtirokida  o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida ham kitobda ilgari surilgan ezgu g‘oyalar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. 
     Mazkur kitobda Yangi O‘zbekistonni, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritilgan bo‘lib, kitob o‘quvchilarda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди