Vazir o‘rinbosari Toyloqdagi maktabda bo‘ldi

   

  Toyloq tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 26-IDUM ga Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari U.Sharifxo‘jayev, Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman va shahar XTB mudirlari tashrif buyurdi., O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 15-16-aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi munasabati bilan viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘quvchilarda maktab davridanoq mehnat qilish ko‘nikmalarini yaratish” ga bag‘ishlangan 116-son bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirgan ishlari va maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

   Xalq ta’limi bo‘limi mudirlaridan ta’limning sifat va samaradorligini oshirish uchun qanday muammolar borligi, ushbu muammolarni bartaraf etish choralari yuzasidan fikr - mulohazalari tinglandi.  Vazirning birinchi o‘rinbosari U.Sharifxo‘jayev tomonidan tuman  shahar XTB mudirlariga tegishli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди