Birja - bozor iqtisodiyotining asosiy o'zagi

   

   So‘nggi yillarda mamlakatimiz haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tish borasida salmoqli yutuqlarga erishdi. Jumladan, iqtisodiyotning muhim va ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan birja mexanizmi ham sifat jihatdan yanada takomillashtirilib, rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Qisqa qilib aytganda, birja shaffof bozor infratuzilmasi hisoblanadi. U o‘z ichiga talab va taklif, sof raqobat, kotirovkalar kabi tushunchalarni qamrab oladi. Birja savdolarini tashkillashtirish va ishtirok etishdan har tomon manfaatdor bo‘ladi.

   Bugun Toyloq tumanida o‘tkazilgan o‘quv-seminarda shular haqida gapirildi.  O‘zbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali rahbari Jo‘rabek Maxsudov, tuman hokimligi xodimlari, tuman tashkilotlar rahbarlari hamda  tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etgan o‘quv seminar treningni tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.Marupov ochib berdi. 

    Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan birja faoliyati, maqsadi,  birja savdolari, birja savdolarining afzalliklari, ko‘rgazma-yarmarka savdolari hamda davlat xaridlarining internet orqali real vaqt rejimida qanday olib borilishi, savdolar bo‘yicha hisob –kitoblar kabi mavzular haqida qiziqarli va kerakli ma’lumotlar berildi. 
Seminar savol-javoblar asosida, bahs-munozalarga boy tarzda o‘tkazildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди