Foydali seminar

   Bugun Toyloq pedagogika kolleji faollar zalida Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasining "Mahorat maktabi" a'zolari tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari me'yoriy hujjatlari yuritilishi tartibi to'g'risida seminar o'tkazildi. Tadbirni maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri N. Akramova ochib berib amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Seminarda  davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan  64 nafar, oilaviy nodavlat MTTlaridan 51 nafat pedagoglar ishtirok etib, ish jurnallarining to'ldirilish qoidalari, bolalarning rivojlanish xaritalarini to'ldirishdagi tushunmovchiliklari hamda faollik markazlarining jihozlanish me'yorlari to'g'risida tushunchalar olishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди