Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Deputatlar diqqatiga!

    “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 27 avgust kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi o‘ttiz oltinchi sessiyasi chaqirilmoqda.
    Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
    Sessiya ishida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:
    1. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashni reyting ko‘rsatkichlari natijalari to‘g‘risida.
   2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O21 yiI 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmonini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"ning 95-bandi ijrosi yuzasidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i S.Mirzoqulovning 2021 yil l yarim yilligida bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti. 
  3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021- yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasining 7-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman sektor rahbarlarining yagona onlayn tizimiga ma’lumotlarni kiritilishi yuzasidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida.
  4.Toyloq tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 50, 61-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘sh (vakant) bo‘lgan direktorlik lavozimlariga xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nomzodlarni tanlab olish va tasdiqlash to‘g‘risida. 
    5.Boshqa masalalar.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди