Avvalambor, barchangizni yaqinlashib kelayotgan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayrami munosabati bilan Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari nomidan muborakbod etamiz.
Bayram munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida yoshlar o‘rtasida "Eng ifodali o'qilgan she'r" tanlovini e'lon qilamiz. Tanlov onlayn tarzda 2 bosqichda o‘tkaziladi.
1.Tuman bosqichi
2.Viloyat bosqichida o'tkaziladi.
Tanlovda kitobxonlar yashash joyidan yoki ishlayotgan muassasasi joylashgan hududdan onlayn ishtirok etishi mumkin
Tanlovning sharti shuki, оna-Vatanni madh etuvchi she'rlardan birini ifodali o‘qib, telefonda tasvirga oling va bizga jo‘nating.
Tayorlangan video rolik 2021 yil 13 avgustdan-19 avgustgacha Toyloq tuman axborot-kutubxona markazining telegram @Mustaqillik30 manzili orqali qabul qilinadi.
Tanlovda eng faol ishtirok etgan, g'oliblikni qo'lga kiritgan kitobxon ishtirokchi munosib taqdirlanadi.