Yangi yil tomoshasiga marhamat
Опубликовано 28.12.2023 - 16:48
Hurmatli toyloqliklar!
Moʻjizalarga boy yangi yil yaqinlashmoqda. Sana munosabati bilan Toyloq tumani markazidagi bolalar-o‘smirlar sport maktabining o‘yingohida siz uchun bayram dasturi tayyorlanmoqda. Katta archa atrofida qiziqarli tomoshalar, shou va dasturlar sizni kutmoqda. Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari esa bir-biridan sho‘x va bayramona kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashishadi.
Bayram joriy yilning 30-dekabr kuni soat 10:00da boshlanib, kechgacha davom etadi.
Aziz bolajonlar va ota-onalar!
Keling, tomosha qiling va maroqli dam oling.