Новости

Tumandagi barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, bloger hamda axborot xizmati xodimlari diqqatiga!

  Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan OAV xodimlarining ish samaradorligi va unumdorligini oshirish,  ularni bezovta qilayotgan kasalliklardan erta xalos etish, shuningdek profilaktik targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida 17-18 yanvar kunlari soat 08-00 dan boshlab barcha shaharlar va tumanlarning tibbiyot birlashmalari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari va Samarqand shahar 2-son oilaviy poliklinikasida tor soha mutaxassislari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Image_elon: 

Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

Deputatlar diqqatiga!

  “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 6-dekabr kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 83-sessiyasi chaqirilmoqda.
    
Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

KORXONA VA TASHKILOTLAR HISOBCHILARI DIQQATIGA!

   Xarid qilingan asosiy qurilish materiallari, qismlar va konstruksiyalar narxlari to‘g‘risidagi hisobot pudrat qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan 12-narx (qurilish) shakli (oylik) statistika hisobotini hisobot davrining
17 sanasidan kechiktirmay taqdim etishingizni so‘raymiz.

 

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM