Pensiyalar qayta hisoblanadi

   O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 2-bandiga muvofiq “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilgan.
    Mazkur Qonun 2022 yil 19 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobarigacha oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilganidek, yangi tartib nafaqat 2023 yil 1 yanvardan keyin pensiyaga chiqadigan fuqarolar uchun, balki 2023 yil 1 yanvardan oldin tayinlangan pensiyalar uchun ham tadbiq etiladi.
   Ya’ni, o‘rtacha ish haqi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobari (bugungi kunda 3 240 000 so‘m)dan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyasi 2023 yil 1 yanvardan qayta hisoblanadi.
   Natijada, 352 mingdan ortiq fuqaroning pensiyasi qaytadan hisob-kitob qilinadi va kelgusi yilda Pensiya jamg‘armasidan qo‘shimcha ravishda 1,5 trln. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratiladi.

Pensiya jamg‘armasi Toyloq tuman bo‘limi boshlig‘i J. Djurayev.

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM