Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik qanday bormoqda?

  2021- yilning 9- sentyabr kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani «Nurli yo‘l» MFYda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining joylarda qanday  amalga oshirilayotganiga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. Suyunov, boshqarmaning  «Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish» bo‘limi xodimlari, Toyloq tumani mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, tuman statistika bo‘limi hamda kadastr bo‘limi xodimlari, tumandagi «Nurli yo‘l» MFY faollari, OAV vakillari ishtirok etishdi.
   Tadbir davomida sxematik reja va xaritalarni tayyorlash, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan hujjatlarni yuritilish holati hamda qarorining joylarda ijrosi qay tariqada ta’minlanayotganligi o‘rganildi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosini borishi yuzasidan tushunchalar berildi.   
Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migrasiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.
   Shuningdek, “Nurli yo‘l” MFY raisi Xosiyat Isroilovaning so‘zlariga ko‘ra mahallada 5 796 nafaqar istiqomat qilib kelmoqda. Mahallada 1024 ta oila, sakkizta asosiy ko‘cha atrofida joylashgan bo‘lib, bugungi kunga qadar uylarning asosiy qismi nomlanib raqamlangan. 

Toyloq tumani statistika bo‘limi

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM