Sayyor qabulda ko‘plab muammolarga yechim topildi

 

  Mutasaddilarning aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi hududlarda mavjud kamchilik va nuqsonlarni o‘sha joyning o‘zida qisqa muddatda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan Toyloq tuman hokimi haftaning shanba kuni mahallalarda sayyor qabul o‘tkazib, yuridik va jismoniy shaxslarning muammolarini tinglab hal etish choralarini ko‘rmoqda.
Ana shunday sayyor qabullarning navbatdagisi bugun Ravot mahallasida bo‘lib o‘tdi. 
   Qabul davomida fuqarolardan yo‘llarni ta’mirlash, ichichmlik suvi, elektr energiyasi, bolalar puli kabi masalalar yuzasidan jami 18 ta murojaat kelib tushdi.

   Xususan, Ravot mahallasida yashovchi Abduaziz Samiyev og‘ir xastalik tufayli to‘shakka mixlangan 17 yoshli farzandi uchun dori-darmon zarurligini bildirdi. Tuman hokimi Abduazizning farzandiga shifo tilab, kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlanishini ta’kidladi. Shuningdek, ichimlik suvi yo‘qligidan qiynalayotgan uzunqishloqliklarning ham muammosi hal etiladigan bo‘ldi. Tuman hokimi mutasaddilarga bugunning o‘zida masalani hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalarini berdi.


   -Nabiram Dalerjon O‘zbekiston Davlat jahon tillar universiteti talabasi bo‘ldi. Dadasi 2-guruh nogironi bo‘lganligi tufayli  kontrakt pulini to‘lashga qurbimiz yetmayapti. Shu nabiram uchun yordam so‘rab keldim, - deydi ravotlik Hamida Umarova. 
   - “O‘qiyman” degan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorman, shartnoma pulini to‘lab beraman, - dedi tuman hokimi Bahodir Babonazarov.
    Shuningdek, Ravot mahallasida yashovchi Mavluda Rahmonovaning ham muammosi hal bo‘ldi: 4 yoshli farzandi 34-maktabgacha ta'lim tashkilotiga  joylashtirildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © ХОКИМИЯТ ТАЙЛАКСКОГО РАЙОНО. Сайт разработан SAKTRM