Soliq tizimidagi yangiliklar

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

    O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritilib,  2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliqning qat’iy belgilangan summadagi stavkasi joriy etildi.

   Shuningdek,  2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlashga haqli.

   Bunda aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy summadagi stavkasi quyidagicha etib belgilandi:

1. Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar  20 mln. so‘m;

2. Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar 30 mln. so‘m;

Soliqni ushbu stavkada to‘lashga o‘tish orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

Birinchidan, soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisoboti taqdim etilmaydi;

Ikkinchidan, tovarlarni kirim va chiqim qilishning hisobini yuritish talab etilmaydi;

Uchinchidan, aylanmadan olinadigan soliq hisobot taqdim etilmaganligi sababli ushbu soliq turi bo‘yicha kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlil o‘tkazilmaydi;

To‘rtinchidan, sof foydadan ta’sischilarga dividend berilganda 5 foiz stavkada dividend solig‘i olinmaydi.

Beshinchidan, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchi kalendar yilning istalgan oyida ushbu stavkada soliq to‘lashga o‘tishi mumkin.

Soliqni ushbu stavkada to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchi (my3.soliq.uz) shaxsiy kabineti orqali soliq organiga bir marta xabarnoma yuboradi.
 

Qo'shimcha murajaatlar uchun: 99 595 11 22 telefon raqami orqali,  Toyloq tuman soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarga xizmat ko'rsatish bo'limiga bog'lanishingiz mumkin.

 

 

 

 

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi