Navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Istiqlol mahallasida o‘tkazildi

   

 

   Aholining uyushmagan qatlami o‘rtasida o‘tkazilayotgan bunday sayyor uchrashuvlar samimiy va oshkora ruhda o‘tmoqda. 
  Bugungi sayyor uchrashuvda mahalla yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi. Joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.


   Uchrashuvda tashabbuskor va faol yoshlar o‘zlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqida ochiq-oydin gapirdi. Toyloq tumanida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ayniqsa, uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi