Ishga marhamat!

Samarqand viloyatidagi har bir mahallada joriy etilayotgan "Hokim yordamchisi" lavozimiga ishlashga taklif etamiz!

Mahallada Hokim yordamchisi lavozimida ishlash uchun quyidagi malakaviy talab belgilangan:
1.     Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
2.     Iqtisodiy sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
3.    Rahbar ayollar yoki avval rahbarlik lavozimida ishlagan (lekin, biror jiddiy e’tiroz bilan vazifasidan ozod etilmagan) munosib kadrlarga ustunlik beriladi.

    Ushbu lavozimda ishlovchilarga qo‘yidagi  qo‘shimcha imkoniyatlar yaartiladi:
1. Uzoq hududdan kelib ishlovchi kadrlarga yashash harajatlari to‘liq qoplab beriladi.
2. Oylik ish haqi mahalladagi oilalar soniga qarab 4,5 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mgacha to‘lab beriladi.
3. Fidoyilik ko‘rsatgan mahalladagi hokimning yordamchisi “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
4. Nomzodlar tarkibida rahbar ayollar hamda avval rahbarlik lavozimida ishlagan (lekin, biror jiddiy e’tiroz bilan vazifasidan ozod etilmagan) munosib kadrlar bo‘lishi kerak.

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi