Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

    “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyasi 2021-yil 28-oktabr kuni soat 15-00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda. 
    Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan: 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmonining Toyloq tumandagi 9-oylik ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyevning hisoboti. 

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2021- yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisi 16-sonli bayonnomasining 7- bandi ijrosini taʼminlash yuzasidan Toyloq tuman prokurori A.Saypiddinovning yagona onlayn tizimga maʼlumotlarni kiritilishi borasida qilinayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti. 

 3. Toyloq tuman prokurori А.Saypiddinov hamda Toyloq tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Tog‘ayevlarning 2021-yilning III-choragi davomida hududlarda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilingan ishlar yuzasidan axborotlari. 

4. Tuman Аdliya bo‘limi boshlig‘i А.G‘afforovning tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha axboroti.

 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17- sentabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021-2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori ijrosi yuzasidan, sektor rahbarlarining hududlarda aholi, korxona, tashkilot va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish borasida qilingan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti. 

6. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarni “Temir daftar”ga kiritilishi to‘g‘risida. 

7. Boshqa masalalar.

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi