Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasi ogohlantiradi!

  Ertaga, 21-oktabr kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha tumandagi 110/10 kVli “MJO” va 110/10 kVli “Adas” podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110 kVli L-MJO-1,2 havo elektr uzatish tarmoqlarida qurilish-montaj ishlari davom ettiriladi.

   Shu munosabat bilan “MJO” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Sarob", "Azamat", "Barot", "Nurota", "Limonlayn", "Alanga", "Ulug‘bek", "Lada"-fiderlari havo elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi “Nurli yo‘l”, “Navbahor”, “Qo‘rg‘oncha”, “Sochak”, “Muborak”, “Istiqlol” va “Gulobod” mahallalarida hamda “Adas” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Yosh avlod", "Davlatobod", "Rafiq", "Sam.Ferre", "Jamol Jamshid”, “Qahramon”, “Jamolxon”-fiderlari havo elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlanuvchi “Adas”, “Davlatobod”, “Ravot” mahallalariga elektr energiyasi yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtatiladi.

   Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasi ma’muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi