Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

   “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi oʻttiz toʻqqizinchi sessiyasi 2021 yilning 29- sentabr kuni soat 15-00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilmoqda.

    ✅ Sessiya ishida kun tartibidagi quyidagi masalalar muhokama etilishi rejalashtirilmoqda:

       1. “Аgrobank” Toyloq tuman filiali boshqaruvchisi B.Mannonovning tumanda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.  
      2. Xalq banki Toyloq tuman filiali boshqaruvchisi B.Berdimurodovning tumanda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risidagi hisoboti.    
       3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash hamda “Аyollar daftari” ikkinchi bosqichiga  kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida
        4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda “Temir daftar”ga kiritilgan, hozirda doimiy daromad manbai bilan taʼminlangan fuqarolarni kambag‘al oilalar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida.
        5. Boshqa masalalar.

 

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi