Navbatdagi sessiya chaqirilmoqda

   “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan joriy yilning 17 avgust kuni soat 10:00 da Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining navbatdagi o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo'lib o'tadi.

   Tadbir tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

   Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilmoqda:

1. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Sh.Odilovning
tumanda 2021 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.

2. Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʼyicha oʼrinbosari D.Umurzoqovning investitsiyalarni jalb qilish, investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda investitsiya loyihalarini amaliyotga keng tadbiq etish ishlari  yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.

3.  Toyloq tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʼi Sh.Togʻayevning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilkatikasi holati yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Toyloq tumanidagi Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri J.Qayumovning tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʻminlash boʻyicha faoliyati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida.

4. Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi U.Suvanovning tumanda Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar axvoli toʻgʻrisidagi hisoboti toʻgʻrisida.

5.Tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari boʻyicha maslahatchisi F.Mirboboevning tumanda Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni oʻz muddatlarida toʻliq va samarali bajarilishi yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.

6. “Xududgaz Samarqand” MChJ Toyloq tuman gaz filiali boshligʻi K.Nizomovning tumanda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida.

7.     Boshqa masalalar.

  Kun tartibidagi masalaga aloqador savol va takliflaringiz bo‘lsa, sessiyaga qadar kiritishingiz mumkin. Sessiyaga taklifingiz bormi?

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi