Оромгоҳ болажонларга мунтазир

    Toyloq tuman xalq ta’limi boʻlimi tasarrufidagi yozgi A.Temur nomli bolalar oromgohiga taklif etamiz.
A.Temur nomli oromgohimizning umumiy yer maydoni 2,3 gektarni, sigʻimi 100 oʻrinli boʻlib, 4 davrada 400 nafar bolalarni dam oldirish quvvatiga ega.
    Yoz-bolajonlarning eng sevimli fasli. Har bir oʻquvchi bu faslni orziqib kutadi. Bolajonlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va qiziqarli tashkil etish maqsadida bu yilgi yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga katta tayyorgarlik koʻrilgan.
Oʻquvchilarning yozgi dam olish mavsumini mazmunli va qiziqarli tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yetarli jumladan: fan, sport va kutubxona hamda ijodiy toʻgaraklar belgilangan.  
     Oromgoh 8-iyuldan boshlab uchinchi navbat oʻquvchilarni qabul qilishni boshlaydi.
    Manzilimiz: Toyloq tuman “Adas” MFY 
  ☎️ Murojaat uchun 
    Oromgoh direktori: Azimov Ozod tel: 99-584-07-90
    Oromgoh xisobchisi: Roʻziyev Shakarboy tel: 93-226-63-00

 

Image_elon: 
2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi