"Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!"

Image_tadbir: 

   Toyloq tumanidagi markaziy o‘yingohda "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!" shiori ostida qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. 
    Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev, Toshkent davlat agrar instituti Samarqand filiali professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Shuhrat Rizayev hamda tuman Kengashi deputatlari, qishloq xo‘jaligi faxriylari, agrofIrma raislari nutq so‘zlashdi, yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.
     Tadbir yakunida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari ijrosidagi sara kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.

 

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM