Respondentlar diqqatiga!

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022 yil yakunlari uchun tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 2023 yilning 27 fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qo‘shgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3 mart sanasiga qadar uzaytirilgan edi.

  Joriy yilning 4 mart kunidan boshlab, hisobot taqdim etmagan sub’yektlarga statistika organlari tomonidan yillik statistika hisobotlarini bir oylik muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan ko‘rsatma xatlari chiqarildi.

  Shu munosabat bilan, hisobot taqdim etmagan tadbirkorlik sub’yektlarini ko‘rsatma xatda berilgan muddatlarda  “Estat 4.0” axborotlashgan tizimi orqali yuqorida ko‘rsatilgan hisobotlarni taqdim etishingiz so‘raladi.
 

Image_elon: 
2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM