Toyloq tuman Axborot-kutubxona markazida o'tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi”ga marhamat!

   Аxborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi va Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda O'zbekiston Milliy kutubxonasi aprel oyining birinchi haftasini Oʼzbekistonda “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilash toʼgʼrisidagi taklifi maʼqullangan. 
   Shu munosabat bilan 18-23 aprel kunlari tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari va XTB hamkorligida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari oʼtkaziladi. 

   Sizni ushbu haftalik davomida 18 aprel kuni soat 10:00 da 22-umumtaʼlim maktab faollar zalida, 19 aprel 5-umumiy oʼrta taʼlim maktab binosi va tuman axborot-kutubxona binosida, 20 aprel 10-DMTT binosida, 21 aprel 56-umumiy oʼrta taʼlim maktab binosida va tuman axborot-kutubxona binosida, 22 aprel "Jalolobod" MFYning uyushmagan yoshlari bilan va 23-aprel 19-umumiy o'rta ta'lim maktabi va axborot-kutubxona markazida boʼlib oʼtadigan tadbirlarga barcha aziz kitobsevarlarni taklif etamiz.

Image_elon: 
2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM