Tadbirkorlik sub’yektlari diqqatiga!

  Tadbirkorlik sub’yektlarining savol va murojaatlariga tuman statistika bo‘limi malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda  yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, tuman statistika bo‘limi  (tel: (66)666-57-75) tashkil etilgan.

   Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari va davlat statistika tizimi o‘rtasida amaldagi qonunchilikda belgilangan munosabatlarni yanada kuchaytirish, bevosita, muloqotlar tashkil etish orqali ularda yuzaga kelgan takliflar va muammolarni o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor ravishda bartaraf etish va kelgusida oldini olish maqsadida, tuman statistika bo‘limi tomonidan har oyda ikki marta tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” (har oyning uchinchi chorshanba va juma kunlari) tashkil qilinadi.

    Mazkur tadbirlar bevosita  tuman statistika bo‘limining rahbari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkaziladi.

   “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni muhokama qilgan holda, mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar beriladi va lozim bo‘lganda muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.

Tuman statistika bo‘limi.

 

 

2015-2018 © GOVERNMENT OF TAYLOKH DISTRICT. Maked my SAKTRM